“Uzun Agrostar” MChJ “Silk Road Red Juice” navli anjir ko‘chatlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda
“Uzun Agrostar” MChJ “Silk Road Red Juice” navli anjir ko‘chatlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda
“Uzun Agrostar” MChJ tomonidan “Silk Road Red Juice” navli anjir ko‘chatlarini xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan mazkur navdagi anjir ko‘chatlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi ko‘chatchilik xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari hamda tadbirkorlik subyektlari hamkorlikka taklif etiladi.
Xarid qilinishi rejalashtirilayotgan ko‘chatlar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
- Ekin turi: anjir;
- Navi: “Silk Road Red Juice”;
- Ko‘chat holati: sifatli, sog‘lom va belgilangan standart talablariga javob beradigan;
- Asosiy talab: nav tozaligi ta’minlangan hamda fitosanitar holati tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Mazkur navli anjir ko‘chatlari mavjud bo‘lgan yetishtiruvchilardan ko‘chatlarning mavjud miqdori, narxi, yoshi, yetishtirilgan hududi hamda mavjudligi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etish so‘raladi.
“Uzun Agrostar” MChJ sifatli ko‘chat materiallarini yetkazib berishga qodir mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yetishtiruvchilar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor.
Murojaat uchun: +998 95 056 1111
Manzil: Surxondaryo viloyati, Uzun tumani
“Uzun Agrostar” MChJ — sifatli ko‘chat, samarali hamkorlik va zamonaviy bog‘dorchilik sari.